top of page

Har qanday biznesning asosini tashkil e’tuvchi beshta omil



1. Iste'molchilarga qimmatli narsalarni yaratadi va etkazib beradi.

2. Bozor talabidan kelib chiqib yaratilgan mahsulot yoki xizmat

3. Iste'molchilar to'lashga tayyor bo'lgan tovar yoki xizmat.

4. Mijozning ehtiyojlari va umidlarini qondirish uchun yaratilgan mahsulot va xizmat

5. Daromad keltiradigan biznes.



Kichik biznesmi yoki ko'p milliard dollarlik kompaniyani boshqarasizmi, bu muhim emas. Muhimi, yuqorida keltirilgan beshta omillarning har biri biznesingizda qanday o’rin to’tishida. Bu omillarsiz biznesingiz biznes emas, balki boshqa turdagi faoliyat hisoblanadi:


• Boshqalar uchun qiymat yaratmaydigan tadbirkorlik sub’yekti xobbi hisoblanadi.

• E'tiborni jalb qilmagan biznes muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

• Yaratilgan qiymatni sotmaydigan biznes notijorat hisoblanadi.

• Va'da qilgan talablarni bajarmaydigan biznes firibgarlikdir.

• Biznesni rivojlantirish uchun yetarlicha daromad keltirmaydigan korxona uzoqqa bormaydi.



Aslida, har qanday biznes beshta jarayon bilan ifodalanadi. Bular:


1. Qiymat yaratish - odamlarning ehtiyojlari va talablarini o'rganib, keyin shu asnoda qiymatni ta'minlaydigan mahsulot yoki xizmatni yaratish.

2. Reklama - e'tiborni jalb qilish va yaratgan narsangizga talabni shakllantirish.

3. Savdo – salohiyatli mijozlarni xaridorga aylantirish.

4. Qiymatni yetkazib berish – mijozlaringizga va’da qilgan narsangizni yetkazib berish va ularning qoniqishlariga ishonch hosil qilish.

5. Moliya – biznesni davom ettirish uchun yetarlicha daromad ko’rish.


Bu besh omil oddiy ko'rinishi mumkin, aslida ham shunday. Biznes raketa ilmimidiki sizdan ko’p bilim talab qilsa. Buni bilish va shu asnoda mahsulot va xizmat yaratishda sizga qo’l keladi.



2 views0 comments

Comments


bottom of page