top of page

Mijozlar e'tibori uchun jang. E'tibor naqadar muhim?


Ilg’orlab borayotgan iqtisodiyotning e'tiboringizga bo’lgan talabi juda yuqori. Sizning e'tiboringizni band qiladigan barcha faoliyat turlarini ko’z oldingizga keltirib ko'ring: hali ishga borishingiz kerak oila boqish uchun, kimlargadir qo’ng’iroq qilishingiz kerak, farzandlaringizga vaqt ajratishingiz kerak, televizor ko’rishingiz kerak xordiqni chiqarish uchun, xullas qiladigan ish ko’p. Barchasini bajarish uchun esa vaqt chegaralangan.


Yuz berayotgan barcha voqea va xodisalardan xabardor bo'lish uchun e’tiboringizni ajratishingiz uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu esa ba’zida muammo. Siz ko’proq sizga foyda keltiradigan narsalarga e’tiboringizni qaratasiz, ahamiyatsiz narsalarni esa chetlab o’tasiz. Xudi shu singari odamlarning e’tiborini mahsulotingiz yoki xizmatingizga qaratishni istasangiz ularning filtrlarini chetlab o'ting, yani o’sha ajratgan bo’sh vaqtlarini aynan sizning reklamangizga e’tiborini tortish yo’llarini toping.


Unutmang! Faqat sifatli e'tiborni jalb qilishni o’ylang! Sababi, odamlar mahsulotingiz yoki xizmatingizning foydali va sifat jihatlarini inobatga olgan xolda sizga xaridor bo’ladi.


Odamlar mahsulotingiz yoki xizmatingiz bilan qiziqmasa, qozongan e'tibor ahamiyatsizdir. Agar sizga faqat e'tibor kerak bo’lsa, masxaraboz kabi kiyinib olingda, ko’chada yuring, bor ovozda qichqiring va siz xohlagan e'tiborni olasiz. Biroq, biznes haqida gap ketganda, e'tiborning hammasi ham foydali emas. Sizdan sotib oladigan mijozlarning e'tiborini jalb qilish ko’proq ahamiyatlidir. Sotuvga olib kelmaydigan e'tibor vaqtni behuda sarflashga olib keladi.


E’tibor markazida bo'lish muhim, ammo biznes bu boshqalar bilan mashxurlik uchun raqobatlashish degani emas. Balki pul ishlash va foyda keltirishdir. Keraksiz reklama tadbirlariga kuch sarflash orqali siz o'z mijozlaringizga haqiqiy qiymatni yetkazib berishga bag'ishlashingiz mumkin bo’lgan vaqtingizni sarflashingiz mumkin.


6 views0 comments

Comments


bottom of page