top of page

Qiymatni yaratish


Insonlarning hayotini qaysidir ma'noda yaxshilash uchun imkoniyatlar juda ko’p. Sizning vazifangiz odamlarda yetarli bo'lmagan narsalarni aniqlash, o’rganish keyin ularni yaratish va ta'minlash yo'lini topishdir. Chunki, har bir muvaffaqiyatli biznes o'z qiymatini yaratadi.


Siz yaratgan qiymat bir nechta shaklga e’ga bo’lishi mumkin, ammo maqsad bitta: boshqa birovning hayotini yaxshiroq qilishdir. Qiymat yaratmasdan turib, biznes mavjud bo'lolmaydi - agar sizning biznesingiz mijozning og’irini yengil, uzog’ini yaqin qilmasa, savdongiz yurishmaydi.


Dunyodagi yirik kompaniyalar mijozlarga qiymat yaratish bilan ularning og’irini yengil, mushkulini oson qiladi. Ba'zi tadbirkorlik sub’yektlari oz miqdorda ammo qariyib butun aholiga mo’ljallangan qiymat yaratadi, ba’zilari esa, aholining ma’lum sigmentiga qaratilgan bo’lib katta miqdorda qiymat yetkazishga e’tibor qaratadi. Nima bo'lgan taqdirda ham, siz boshqalarning ishini yengil qiladigan mahsulot yoki xizmat yaratsangiz, biznesingizning bozori chaqqon bo’ladi deb hisoblayvering.

1 view0 comments

Comments


bottom of page