top of page

Tadbirkor duch keladigan 8 ta jumboq va ularga qanday yechim topishi mumkin.


Biznes boshlash murakkabday tuyuladi, ammo uning yo’lga qo’yilishida va boshqarishida muhim o’rin tutadigan omillarni bilib olsangiz, siz bu xolatga boshqacha ko’z bilan qaray boshlaysiz. Tadbirkor faoliyatini boshlash davrida yuzaga keladigan to'siqlarga duch kelishi tabiiy va ularga tayyor turishi o’ta muhim. Ushbu maqolada biz tadbirkorlik oldida turgan 8 ta jumboq va tadbirkor ularga qanday yechim topishi mumkinligini ko'rib chiqamiz.



1. Biznes boshlash uchun xizmat yoki mahsulot tanlash muammosi


Tadbirkorda biznes ochish uchun motivatsiya va ishtiyoq yuqori bo'lishi mumkin, ammo biznesni boshlashning muhim omillaridan biri nima sotish to’g’risidagi to’g’ri qaror qabul qilishdir. Biznes boshlash uchun tadbirkor dastavval bozor ehtiyojlarini o’rganib chiqishi lozim. Qaysi mahsulot yoki xizmatga talab yuqori ekanligini o’rganib chiqish muhimdir. Iqtisodiy tadqiqotlar va bozorni o’rganish firmalari yoki marketing sohasi mutaxassisi tadbirkorga bozor ehtiyojlarini o’rganib, raqobatbardosh mahsulotning ist’emolchilarga afzaliklari va bozorga kirib borish strategiyalari

borasida yordam berishi mumkin.


2. Savdo strategiyasini ishlab chiqish


Tadbirkor mahsulotni aholining ma’lum bir sigmentiga afzaliklaridan yaxshi xabardor. U ushbu mahsulotni maqsadli auditoriyaga sotishning eng yaxshi usulini ham o'rganib chiqishi mumkin. U marketing rejasini puxta o’ylab chiqishi yoki profesional markiting mutaxassisini yollashi lozim. Misol uchun, agar tadbirkor aholining ko’pchiligi internetdan foydalanadigan shaxarda biznesini ochishni rejalashtirayotgan bo’lsa, u holda u raqamli reklama uslublaridan foydalanishi

mumkin.


3. Biznes ochish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmaslik


Ba'zida biznesni boshlang'ich sarmoyasiz yaratib bo'lmaydiganday tuyuladi. Aslida bu nima bilan shug’ullanishga bog'liq. Mahsulot sotmoqchimisiz yoki xizmat taklif etmoqchimisiz? Xizmatlarni sotish haqida gap ketsa, bu yerda havotirga o’rin yo’q. Xizmat ko'rsatish firmasini tashkil qilish uchun siz minimal miqdorda sarmoya sarflashingiz mumkin yoki umuman harajatsiz ish boshlashingiz mumkin. Xo'sh, agar mahsulot sotmoqchi bo'lsagiz, unda siz ma'lum bir mahsulotning ishlab chiqish yoki sotib olinishi uchun dastlabki sarmoya haqida o'ylashingiz kerak. O'z biznesini boshlayotgan tadbirkorlarning aksariyati kichik biznes uchun banklardan ajratilayotgan mikrokreditlarga tayanadi. Aslida banklardan kredit olish ham oson emas. Bank tizimida mavjud bo’lgan byurokratik tartiblarning yuqoriligi tufayli hamma ham mikrokredit olish imkoniga ega emas. Agar tadbirkor bozorda katta talabga ega bo'lgan noyob mahsulotni ishlab chiqishga bel bog’lagan bo’lsa, u holda tadbirkor katta miqdordagi sarmoyani jalb qilish uchun investorga murojaat qilishi ham mumkin.


4. Byudjetni to’g’ri taqsimlash


Biznesni boshqarishda o’z qonun qoidalari bor. Sababi, oldindan kutilmagan xolatlar va xodisalar yuz berishi bevosita biznesga ta’sir o’tkazishi mumkin. Bu esa o’z navbatida tashkilot byudjetida chiqimning ko’payishiga zamin bo’lishi mumkin. Qaysi xarajatlar zarurligini baholash o’ta muhim! Tadbirkor o'zgarishlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi lozim va mablag'larini kerakli resurslarga taqsimlashni obdon rejalashtirishi kerak. Misol uchun, samarali reklama kompaniyasi, mahsulot

xomashyosi, qobiliyatli ishchilarni yollash va shu singari biznesning muhim tamoyillariga mablag’larni taqsimlash orqali amalga oshirishlari mumkin.


5. Doimiy daromad


Tadbirkor pul mablag‘larining kirish-chiqishini o’z vaqtida nazorat qilishi o’ta muhim. U imkon qadar sotuvni yaxshilash mexanizmiga ketadigan kerakli harajatlarni qoplashi lozim, toki doimiy daromad yo’qolmasin. Mexanizm deganda biz mahsulot sifati, sotuv hodimlarining malakasini oshirish va reklama sifatini yaxshilash kabi omillarni nazarda tutayapmiz. Bu o’z navbatida, tashkilotning ichki va tashqi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, mijozlar ishonchini qozonadi. Mahsulotdan mamnun bo’lgan mijoz, tadbirkorning doimiy mijoziga aylanadi.


6. Qobiliyatli xodimlarni yollash


Tadbirkor xodimlarni yollashda mas’uliyat hissi yuqori bo’lgan xodimlarni tayinlashi lozim. Sababi, xodim tashkilot kelajagi va rivojiga hissa qo’shishiga mas’ul. E’lon bergan chog’da xodimlardan talab qilinadigan malaka va tajriba korxona ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda tuzilmog’i lozim. Xodim bilan suhbat o’tkazish oldidan mutaxassisning malakasini baholaydigan savollar tuzishingiz kerak va mutaxassisning tashkilotingizda ishlash maqsadini aniqlashtirib oling.


7. Xodimlarni boshqarish


Aksariyat biznes egalari xodimlarni ish unumdorligini baholaydigan eski tizim bo'yicha ishlaydi. Xodim 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi. Kunlik rejani bajarish uchun ko'p vaqt borday tuyuladi, biroq, xodim rejaga rioya qilmay vaqtini bekorchi ishlarga sarflash orqali ish unumdorligini ko’rsatmaydi. Bu esa o'z navbatida, kompaniyaning faoliyatiga ta'sir qiladi, mijozlar va hamkorlar o'rtasidagi ishonchning pasayishiga olib keladi. Ta'sischi va rahbar sifatida

tadbirkor yangi KPI tizimini joriy etish va ishni soddalashtiradigan raqamli tizimga o'tishni ko'rib chiqishi kerak.


8. Biznesni kengaytirish


Tadbirkor biznesini yo’lga qo’yib bo’lganidan so’ng, agar savdo yaxshi daromad keltirayotgan bo’lsa, u xolda biznesni kengaytirish borasida ham o’ylashi mumkin. Dastavval, biznes filialini ochish joylarini o’rganib chiqadi, yangi hamkorlar bilan ishlashni o’ylaydi, va yangi ish o’rinlarini yaratishni rejalashtiradi.


6 views0 comments

Comments


bottom of page